Van Deyk Niderlandiya terma jamoasidagi kelajagi bo‘yicha qaror qabul qiladi
Van Deyk shu kungacha Niderlandiya terma jamoasi safida 96 ta uchrashuv o‘tkazgan.
“Liverpul” himoyachisi Virgil van Deyk Niderlandiya terma jamoasidagi faoliyatini davom ettirish yoki yakunlash borasida hali yakuniy qarorga kelmagan. Bu haqda The Athletic xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, van Deyk Niderlandiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Xavi Ernandes bilan suhbatlashadi. 34 yoshli himoyachi aynan shu uchrashuvdan so‘ng terma jamoadagi kelajagi bo‘yicha yakuniy qarorini qabul qilishi kutilmoqda.
Van Deyk shu kungacha Niderlandiya terma jamoasi safida 96 ta uchrashuv o‘tkazgan.
Niderlandiya JCh-2026da muvaffaqiyatsiz ishtirok etdi. Ronald Kuman boshqargan jamoa 1/16 finalda Marokashga qarshi uchrashuvda penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi.